Paxtachida OTM lari uchun xotin-qizlarga tavsiyanomalar kimlarga tegdi?

Paxtachida OTM lari uchun xotin-qizlarga tavsiyanomalar kimlarga tegdi?

Bilamizki, bugun OTM da o’qish uchun yurtimizda xotin-qizlarga bir qator imtyozlar berilgan. Masalan, ularga tavsiyanoma berish, ma’lum bir yo’nalishlarda xotin-qizlar uchun qo’shimcha kvotalar ajratish shular jumlasidandir. Bu kabi imtyozlardan barcha birdek va adolatli me’zonlar bilan foydalanishni xohlashadi.

Xo’sh, Paxtachi tumanida 2023-2024-o’quv yili uchun xotin-qizlarning nechtasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda tavsiyanomalar berish bo’yicha hujjat topshirgan? Ularni qabul qilish tartibi qanday? Yuborilgan arizalarning qanchasi tasdiqlangan? Bugungi maqolamiz davomida shu kabi savollarga javob topishga harakat qildik.

Ushbu mavzuda tahririyatimizga Paxtachi tumani hokimligining Oila va xotin-qizlar bo’limi mutaxassisi Dilafruz Burxonova javob berdi.

— Joriy yilning 9 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining (322-sonli) qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda tavsiyanomalar berish va ularni qabul qilish tartibi belgilangan. Paxtachi tumanida 72 nafar xotin-qizlar hujjat topshirgan bo’lib, 67 nafarining hujjatlari nizom talablariga to’liq mos kelishi, 10 nafarining xujjatlari esa belgilangan mezonlarga muofiq kelmasligi aniqlandi.

Mutaxassisligi bo’yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega bo’lgan xotin-qizlarimizga tavsiyanomalar berish masalalari ko’rib chiqilib 67 nafar xotin qizlarga tavsiyanoma berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi Vazirlar Mahkamasining-402-sonli qarori bilan «Oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish, ularni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Tumanda 361 nafar xotin-qizlardan kelib tushgan arizalar ishchi guruh tomonidan xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilingan. Yuqorida ko’rsatilgan nizomning 2-bandida ko’rsatilgan mezonlardan birini tasdiqlovchi ma’lumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (tug’ilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik haqida va boshqa) Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi hamda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olindi.

Shuningdek, talabgor xotin-qizlarlarning umumiy o’rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatlari mavjudligi o’rganildi. O’rganish natijalariga ko’ra, tavsiyanoma olish uchun murojaat etgan jami 361 nafar xotin-qizlardan 305 nafarining hujjatlari nizom talablariga to’liq mos kelishi aniqlandi.

Shundan,

  • 190 nafari kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;
  • 53 nafari to’liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • 30 nafari turmush o’rtog’i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg’iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • 32 nafari nogironligi bo’lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • 36 nafari ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlariidan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg’iz ayollarning qiz farzandlari;
  • 49 nafari ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo’lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni tashkil etadi.

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o’rganish natijalariga ko’ra 56 nafarining hujjatlari belgilangan mezonlarga muvofiq kelmasligi aniqlandi.

Madina Erkinova, muhim24.uz sayti uchun tayyorladi.