Boshlanayotgan haftada bizni chang-toʻzon va jazirama kutmoqda

Boshlanayotgan haftada bizni chang-toʻzon va jazirama kutmoqda

Hafta boshidan jazirama va chang-to‘zonlar kutilmoqda.

24-27-iyul kunlari O‘zbekistonga issiq havo kirib kelishi hamda chang-to‘zonlar bo‘lishi kutilmoqda:

▪️24-25-iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 41-42 °gacha;

▪️27-iyulda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 42-44 °gacha;

▪️27-iyulda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida 41-42 °gacha.

▪️24-26-iyul kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.