Pilla qurti urugʼini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Hukumat qarori (305-son, 21.07.2023 y.) bilan Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʼini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʼi uchun subsidiya ajratish tartibi toʼgʼrisida nizom tasdiqlandi.
➖Nizomga koʼra, 2026 yil 1 yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʼini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʼi uchun 120 ming soʼm miqdorida subsidiya ajratiladi.
Shunga koʼra:
➖birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli roʼyxati shakllantiriladi (20 maygacha);
➖uchinchi va toʼrtinchi mavsum uchun Manzilli roʼyxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʼmitasiga taqdim etiladi (20 avgustgacha);
➖Qoʼmita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablagʼlarni subsidiya oluvchining bank hisobvaragʼiga oʼtkazib beradi (10 ish kunida).