Maktab direktorlarining vakolat doirasi kengaytiriladi
Prezidentning tegishli farmoni (PF–79-son, 26.05.2023 y.) bilan 2023 yil 1 sentyabrdan:
➖ umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktorlariga oʼz oʼrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʼshatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida oʼquv rejalariga 15 foizgacha oʼzgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;
➖ tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimlarining umumiy oʼrta taʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash boʼyicha vakolatlari bekor qilinadi.