Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining prorektori M.J. 3 ming dollar pora bilan ushlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kegeyli tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, institut prorektori ushbu oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming dollar pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.