Shomurodov endi qaysi Yevropa klubiga oʻtmoqda?

Shomurodov endi qaysi Yevropa klubiga oʻtmoqda?

Eldor Shomurodov A Seriya debyutanti «Kalyari» safiga o‘tadigan bo‘ldi.

«Kalyari» Shomurodovni sotib olish huquqi bilan bir yillik ijaraga oladi va «1+3» shaklida 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, ushbu klubni mashhur murabbiy Klaudio Raneri boshqaradi. Italiyalik 71 yoshli mutaxassis yanvar oyida «Kalyari» bosh murabbiyiga aylangach, B Seriyada 14-o‘rinda borayotgan klubni yarim yil ichida peshqadamga aylantirib, A Seriyaga olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan mavsumni ijara asosida «Spetsiya»da o‘tkazgan.