Endi resttoran, kafe yoki barlarda ortiqcha isrofgarchilik uchun jarima qo’llanilishi mumkin. Bu haqda kun.uz jurnalisti Ilyos Safarov Telegram sahifasida yozmoqda.
Ekologiya vazirligi isrofgarchiliklarni kamaytirish va sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish maqsadida restoran va kafelarda orttirib qoldirilgan ovqat uchun jarima joriy qilmoqchi.
Bunda ortib qolgan mahsulotlarni uyga olib ketish narxi ham yeyilgan ovqat narxidan qimmatroq baholanadi. Xabarda aytilishicha, ayni shunday amaliyot Yaponiyada ham mavjud.
Eslatib o’tamiz, taklif hozircha vazirlikda loyiha sifatida ishlanmoqda va yaqin orada ko’rib chiqish uchun parlamentga kiritilishi mumkin.