Paxtachi tumani deputatlarining navbatdagi sessiyasi vaqti aniq boʻldi

Paxtachi tumani deputatlarining navbatdagi sessiyasi vaqti aniq boʻldi

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi to‘qson ikkinchi sessiyasini

chaqirish toʻgʻrisida Paxtachi tuman hokimligi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, 2023-yilning 15-avgust kuni soat 11:00 tuman hokimligining majlislar zalida boʻlib oʻtishi belgilandi.

Sessiya davomida quyidagi masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan:

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining deputatlik odobi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida;

– Xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining shaxsiy tarkibini qayta tuzish va tasdiqlash to‘g‘risida;

– Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Bodoy saylov okrugidan saylangan deputat Xalilov Shaxobiddin Isroyilovichning deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida;

– tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvanovning tumanda aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyati, sog‘liqni saqlash, xususan, tez

e-qaror.gov.uz 07.08.2023 tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamni ko‘rsatilishi holati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

– tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi boshligʻi M.Rasulovning 2023-yil 6 oyi davomida tumanda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

– boshqa masalalar.

Eslatib oʻtamiz, ushbu qaror Paxtachi tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi U.Arnaqulov tomonidan qabul qilingan.