Prezident qaroriga ko’ra, oliy harbiy taʼlim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlariga ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda ularga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:
• fan nomzodlari, falsafa doktorlariga (PhD) – “kapitan”;
• fan doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi, falsafa doktorlariga (PhD) – “mayor”;
• professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktorlariga (DSc) – “podpolkovnik”.
Harbiy xizmatchilar uchun quyidagi davrlarning 1 kuni imtiyozli ravishda harbiy xizmatning 3 kuniga teng hisoblanadi:
➖ jangovar harakatlarda, jangovar vazifalarni bajarishda, terrorchilikka qarshi maxsus operatsiya o‘tkazishda yoki favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan davri;
➖ yuqoridagi vaziyatlarda bevosita ishtirok etish natijasida shikastlanish (yaradorlik, jarohatlanish) va kasallanish sababli davolash muassasalarida uzluksiz bo‘lgan davri;
➖ qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan va keyinchalik reabilitatsiya etilganlarga – ushlab turilgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlangan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan davri.