1979-yilning 11-avgust kunida butun O‘zbekison futbol muxlislari uchun og‘ir va unutilmas fojea sodir bo‘lgandi. Aynan shu kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri yaqinida 8400 metr balandlikda Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk yo‘nalishi bo‘ylab uchib borayotgan Tu-134 hamda shu rusumdagi yana bir samolyot havoda to‘qnashib ketdi.
Aviahalokat natijasida ikkala havo kemasidagi barcha 178 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘lishdi, shu jumladan, Toshkentning “Paxtakor” jamoasining 17 nafar a’zosi olamdan ko‘z yumdi.
Bir soniya ichida samoga sochilib ketgan o‘n yetti o‘g‘lon, o‘n yetti qalb, o‘n yetti orzu va umid…
Ravil Agishev, Mixail An, Olim Ashirov, Sirojiddin Bozorov, Konstantin Bakanov, Yuriy Zagumennix, Shuhrat Eshbo‘tayev, Aleksandr Korchyonov, Nikolay Kulikov, Vladimir Makarov, Sergey Pokatilov, Vladimir Sobirov, Idgay Tazetdinov, Mansur Tolibjonov, Vladimir Fyodorov, Viktor Churkin, Vladimir Chumakov…