Do‘konlardan tovar xarid qilayotganda e’tiborli bo‘lgan yaxshi. Chunki, hozir hamma mahsulotning ham haqiyqiyligiga ishonib bo‘lmaydi.
Siz kontrafakt tovar haqida eshitganmisiz? Kontrafakt tovarlarning asosiy foydalanish shakli bu tovar belgilaridir. Qonunchilikka ko‘ra, biror-bir belgi hukumat tomonidan vakolat berilgan davlat idorasida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ngina tovar belgisi maqomini oladi.
Ko‘pincha oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo, kosmetika va preparatlar imitasiya qilinadi. Ushbu mahsulotlarni qalbakilashtirish va ulardan nusxa ko‘chirish osondir. Kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish nafaqat haqiqiy ishlab chiqaruvchilarning intelektual mulkka bo‘lgan huquqlarini buzadi, balki xaridorlarning hayoti va sog‘lig‘iga ham yuqori darajada xavf soladi.
O‘zbekiton Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 177-1-moddasiga asosan, “Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish” fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Shuni yodda tutishimiz lozimki, har barimiz iste’molchi sifatida o‘z sog‘lig‘imiz va hayotimizni asrab, arzon va sifatsiz mahsulotlarga uchmasligimiz, kontrafakt mahsulotlardan ehtiyot bo‘lishimiz lozim. Chunki kontrafakt mahsulotlar cho‘ntagimizga qaysidir ma’noda foyda keltirsada, lekin sog‘lig‘imizga jiddiy zarar yetkazishi aniq.
Ibrohimxon MUZAFFAROV, Paxtachi tumani Adliya bo’limi boshlig’i