Prezident farmoni loyihasiga koʻra, 2023-yilda 26 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqaroga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratiladi.
Natijada 2023-yilda aholiga ipoteka kreditlari doirasida boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga 1 trln soʻm miqdorda subsidiya ajratiladi.
Xalqaro va mahalliy fond birjalarida “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish hisobiga kompaniyaning ustav fondi 100 mln AQSH dollari ekvivalentiga yetkaziladi. Bunda ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish hisobiga jalb qilingan mablagʻlar ipoteka kreditlari uchun resurs sifatida banklarga joylashtiriladi. Natijada aholiga qoʻshimcha 3 mingta ipoteka kreditlari ajratiladi.