Tom va Jerry endi Osiyoda sayohat qilishadi

Tom va Jerry endi Osiyoda sayohat qilishadi

«Tom va Jerriy» multifilmini bilmaydigan, uni sevib tomosha qilmagan inson topilmasa kerak, albatta. Ko’pchiligimiz bu multifilmni disklarini sotib olib, miriqib, kulib tomosha qilib ulg’ayganimiz ham rost.

Bu multiserial 1940-yilda William Hanna va Joseph Barbera tomonidan yaratilgan komediya janridagi Amerika qisqa hajmli filmlardan iborat boʻlgan animatsion seriali hisoblanadi. Serialdagi asosiy qahramonlar mushuk Tom va sichqon Jerrydir.

«Tom va Jerry» 114 qismli qisqa hajmli filmlari, Hanna va Barbera tomonidan «Metro-Goldwyn-Mayer» hamkorligida 1940-yildan to 1958-yilgacha ishlab chiqarilgan.

Bugunga kelib uning ko’plab yangi va zamonaviy talqinlari ishlab kelinmoqda. Endi esa uning osiyocha talqinini ham tez orada ko’rishingiz mumkin.

«Warner Bros» animatsiyaion kompaniyasi Janubi-Sharqiy Osiyo uchun “Tom va Jerri”ning yangi versiyasini tayyorlamoqda, deya xabar beriladi xorijiy nashrlarda. Bunda endi sevimli multfilm qahramonlarimiz o’z sarguzashtlarini Osiyoda davom ettirishadi.

Klassik animatsion seriya mahalliy lokalizatsiyaga ega bo’ladi. Mushuk Tom Singapurning tashqarisida Jerrini ta’qib qiladi.

Multfilmning Osiyo versiyasi avgust oyida «Cartoon Network» va «HBO Go» strimingida premyerasi bo‘lib o‘tishi reja qilingan.‌‌

Eslatib o’tamiz, ushbu multifilm ijodkorlari o’z muxlislari uchun YouTube platformasida u uchun alohida sahifa ochishgan. «WB Kids» YouTube sahifasida bugun 25,4 mln obunachi kuzatib boradi va safihada 2 mingdan ortiq videolar joylangan. Umumiy ko’rishlari hajmi esa 11 mlrd. martadan oshib ketgan.