Joriy yilning 16-avgust kuni Paxtachi tumani hokimligi Madaniyat bo’limiga qarashli markazda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tomonidan o’quv-seminar tashkil etildi. Unda «Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish istiqboldagi rejalarni belgilab olish» mavzusida so’z yuritilib, maktablarning direktor va direktor o’rinbosarlari, bir qator o’qituvchilar, tumanning maʼnaviyat, xotin qizlar boʻlimlari, adliya va ichki ishlar xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so’zga chiqqan mutassaddilar o’zlariga berilgan mavzular yuzasidan so’z yuritdi. Ularda biri tuman xotin-qizlar bo’limi rahbari Ibodat Jo’raqulova maktablarda Qizlarjon klublarining tashkil etilishi kerakligini aytib o’tdi.
— Erta turmush, ajrimlar va ayol-qizlar o’rtasidagi jinoyatlarning oldi olinmasa, ertangi jamiyatimiz uchun bu eng katta vojeadir. Bunday muammolar esa maktablardan boshlab bartaraf etilishi kerak — deydi so’zga chiqqan I.Jo’raqulova.
Tadbir so’nggida barcha maktablarga yangi oʻquv yili munosabati bilan kitoblar to’plami topshirildi.