Nuroniylar salomatligi e’tiborda

Nuroniylar salomatligi e’tiborda

Joriy yilning 15-avgust kuni Paxtachi tumani Tibbiyot birlashmasida “Keksalar va nuroniylar salomatligini muhofaza qilish oyligi” o’tkazildi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikda viloyatdan jami 15 nafar turli mutaxassislikdagi malakali shifokorlar kelishdi.

Paxtachi tumanida hozirda aholining 15820 nafarini nuroniylar tashkil etib, ularning 4986 nafari joriy yilning 4 avgustidan boshlab tumandagi mavjud 11 ta oilaviy shifokorlik punkti va 5 ta oilaviy poliklinikalar tomonidan profilaktik ko’riklardan va skrining tekshiruvlaridan o’tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbir 31 avgustga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

15 avgust kuni ham 250 nafar nuroniylar viloyat va tuman tor soha mutaxassislari tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan bo’lib, shundan, 115 nafarida turli xil kasalliklar aniqlangan. 27 nafariga esa viloyat shifoxonasida, 12 nafariga tuman shifoxonasida davolanish uchun yo’llanma berilgan.