Endi maktab va OTMlarimizda halollik bo‘yicha singapurcha darslar yo’lga qo’yiladi

Endi maktab va OTMlarimizda halollik bo‘yicha singapurcha darslar yo’lga qo’yiladi

O‘zbekistonda Singapur tajribasi asosida yoshlar, shu jumladan, maktab va oliy ta’lim muassasalarida halollikni targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus o‘quv dastur va qo‘llanmalar ishlab chiqiladi. Bu bo’yicha Aksilkorrupsiya bo‘yicha Singapur tajribasi asosida bir qator kelishuvlar imzolangan.

Bu borada Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi o’tgan iyul oyida xizmat safari bilan Singapurda tajriba o’rganib qaytishdi.

Agnetlik xodimlari Singapur Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosi, Bosh prokuraturasi, PSB Akademiyasi, Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi kabi tashkilotlarga tashrif buyurib, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.

Muzokaralar davomida bir qator masalalar muhokama qilingan va kelishuvlarga erishilgan. Xususan:

• Singapurning korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan choralarini milliy amaliyotga tatbiq etish; 

• Singapur tajribasi asosida yoshlar, shu jumladan, maktab va oliy ta’lim muassasalarida halollikni targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus o‘quv dastur va qo‘llanmalar ishlab chiqish;

• O‘zbekistonda zamonaviy aksilkorrupsiya mexanizmlarini ishlab chiqishda Singapur aksilkorrupsiya byurosi ekspertlarini jalb qilish;

• Singapur amaliyoti asosida xususiy sektor vakillari hamda davlat idoralari moliya va iqtisod sohasidagi xodimlar uchun real keyslar asosida qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish usullarini muhokama qilish va bu yunalishda standartlarni joriy etish; 

• O‘zbekiston davlat idoralari rahbar kadrlari uchun Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabida maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish; 

• Davlat xizmatchilarini Singapur tajribasi asosida qisqa muddatli kurslarda malakasini oshirish;

• Hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tergovchilar malakasini oshirishga qaratilgan loyihani ishga tushirish; 

• Prokuratura idoralariga xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, shuningdek, korrupsiyaga oid ishlarning sudda ko‘rilishi va unda prokuror ishtiroki bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganish va tahlil qilish.