Tadbirkor ko’paysa, xalqni boqadi, deyishadi. bugun yurtimizda ayollar ham bu sohada erkaklardan kam natija ko’rsatishmayapti.
Qoʻshrabot tumanidagi «Namuna» mahallasini chinakam namunali hudud desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu mahallada hozirgi kunda 1814 nafar xotin-qizlar istiqomat qiladi. Umuman olganda, 100 nafardan ziyod ishbilarmon ayollar qoʻshimcha daromadga ega bo’lib ulgurganligi alohida ahamiyatli.
Mahallada Prezident qarori asosida tashkil etilgan «Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash markazi» faoliyati bilan tanishildi.
Hunarmand Dilafruz Sayitova ustoz-shogird an’anasi asosida 10 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitib, bandligini ta’minlagan. Asosan, mahalla ahliga xizmat koʻrsatmoqda.
Shirinboy Mamadaliyev, Muhim24.uz saytining jamoatchi muxbiri