Buxorodan uchgan samolyot favqulodda holat sabab Moskva aeroportiga qoʻna olmadi. Buning sabablari ma’lum bo’ldi.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasiga qarashli yoʻlovchi tashuvchi samolyot Buxorodan Moskvaning Vnukovo aeroportiga qoʻnishi kerak edi. Ammo aeroportga yaqin hududda nomaʼlum dronlar harakati aniqlangach, aeroport zudlik bilan yopildi va natijada samolyot Sankt-Peterburgdagi zaxira aeroportiga qoʻnishga majbur boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti qarorgohidan unchalik uzoq boʻlmagan Moskva City’dagi binolarning biriga dron kelib urilgandi. Buning natijasida Moskva havo yoʻllarida favqulodda holat eʼlon qilingan.
Muhim24.uz