Oʻqituvchilarga dars soatlari quyidagi koʻrsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.
1.Xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
2.Oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
3.Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
4.TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan oʻqituvchilar;
5.Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
6.Oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari;
7.Respublika bosqichidagi koʻrik tanlovlarda (yil oʻqituvchisi) sovrinli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
8.Oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
9.Birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar;
10.Asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari;
11.Ikkinchi malaka toifaga ega oʻqituvchilar;
12.Pedagogik yoʻnalish boʻyicha magistr darajasiga ega oʻqituvchilar;
13.Belgilangan tartibda oʻz fanidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi boʻyicha aʼlo baholarga ega oʻqituvchilar;
14.Oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar;
15.Qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar;
16.Oliy taʼlim muassasalarining pedagogik yoʻnalish boʻyicha bitiruvchi bosqich talabalari;
17.Pedagogik yoʻnalish boʻyicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan oʻqituvchilar;
18.Oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar;
19.Oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari.
❕Yuqoridagi koʻrsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega boʻlgan oʻqituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻqituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin boʻlgan dars soatlari boshqa oʻqituvchilarga berilishi mumkin.
Oʻqituvchi koʻrsatkichlarning bir nechtasiga ega boʻlganda, koʻrsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi. Aynan bir xil koʻrsatkichlar mavjud boʻlgan bir nechta oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlari teng taqsimlanadi.
Asos: “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.