Qo’shni Qozog’istonning Jambil viloyati olti tumanida suv tanqisligi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat rasmiy OAVlari xabar bermoqda.
Bayzoq, Jambil, Qoʻrday, Merken, T.Risqulova va Talas viloyatlarida viloyat miqyosida tabiiy favqulodda holat rejimi eʼlon qilingan.
Fermerlarning zararini qoplash uchun hukumatning favqulodda zaxirasidan mablag‘ ajratish masalasi hal etilmoqda.
Bu yil sugʻorish suvi yetishmasligi va ob-havoning gʻayritabiiy issiqligi tufayli hosilning nobud boʻlishi oʻtgan yilga nisbatan qariyb 25-30 foizni tashkil etadi, deb hisoblaydi hokimlik.