Ularning oilalariga 1 million rubl miqdorida yordam beriladi
TASS agentligiga koʻra, Dogʻiston rahbari Sergey Melikov 14-avgust kuni Maxachqalʼa chekkasidagi yoqilgʻi quyish shoxobchasi oldida sodir boʻlgan portlash oqibatida xorijiy davlatlar fuqarolari halok boʻlganini maʼlum qildi.
“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida toʻrt nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan. Halok boʻlganlarning oilalariga 1 million rubl miqdorida yordam koʻrsatiladi”, – dedi manba.
Qayd etilishicha, fojiadan bir necha kun oʻtib halok boʻlganlar va jarohatlanganlarning oilalariga yordam koʻrsatish uchun 100 million rubldan ortiq mablagʻ jamlangan.