Paxtachidagi “Ustozlar forumni”: hokim nimani va’da qildi?

Paxtachidagi “Ustozlar forumni”: hokim nimani va’da qildi?

2022-2023 o‘quv yilida Samarqand viloyati Paxtachi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limiga qarashli  47 ta umumiy о‘rta ta’lim maktabi, 1 ta barkamol avlod bolalar maktabi, 42 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti va 176 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari foaliyat kо‘rsatib yoshlarga ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Joriy yil 28-avgust kuni Paxtachi tumanining 1-umumta’lim maktabida o’tkazilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” da ham ayni shu ta’lim maskanlarining faoliyati yutuqlari va kamchiliklari tahlil qilindi. Forum doirasida tumanning barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari, bir qator faol o’qituvchilar, shungingdek, tuman hokimi Muzaffar Xamdamov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi rahbari va mutasaddilari OAV xodimlari ishtirok etishdi.

FORUMDAN VIDEOREPORTAJIMIZ BU YERDA

Bugungi kunda tumandagi maktablarda 2150 ming nafar oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda. Oʻqituvchilar sifat tarkibida oliy toifali oʻqituvchilar 62,6 foizni tashkil etadi. Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar 3,6 foizga kamaydi. Oʻqituvchilar malaka toifasi boʻyicha  Paxtachi tumani oʻqituvchilari yuqori koʻrsatkichga erishib, viloyatda 1-oʻrinni qayd etildi. “Milliy reyting-2022” natijalariga ko’ra ham tumanimiz  viloyatda  2-oʻrinda.

О‘qituvchilarning toifa kо‘rsatkichi bо‘yicha keyingi bir yilda

oliy toifali о‘qituvchilar 356 nafar  (16.2%)

1-toifali о‘qituvchilar 607 nafar  (27.6 %)

2-toifali о‘qituvchilar 639 nafar  (29%)ga о‘sishi ta’minlandi.

Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida faoliyat kо‘rsatayotgan 17-nafar о‘qituvchilarimiz hozirgi kunda Vazir ustamasini olishga erishgan.

Keyingi ikki yilda umumiy о‘rta ta’lim maktablarida faoliyat kо‘rsatayotgan oliy va birinchi toifali о‘qituvchilar salmog‘i 35 foizdan 43,8 foizga kо‘tarildi. Tadbir davomida shu kabi ko’rsatkichlar ham bir-mabir eslanib, joriy yilda maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga qamrov darajasi ham tahllil qilindi. Forumda so’zga chiqqan tuman hokimi bitiruvchilari oliy ta’limga kirishda yuqori natijalarni qayd etayotgan maktab direktorlariga o’z munnatdorligini bildirdi. Shuningdek, faol o’qituvchilarni taqdirlash jarayonida keyingi sarhisobda eng yuqori natijani qayd etgan maktablar direktorlariga va faol o’qituvchillarga bir qator va’dalar berildi. Faqatgina natijalar eng yaxshilari qatorida boo’lishi kerakligi talab etilmoqda, xolos.

Shu bilan bir qatorda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab har bir tumanda bittadan umumiy о‘rta ta’lim muassasasida о‘quvchilarini ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga о‘rgatish amaliyotini tumanimizdagi 12-maktabida joriy etish rejasi ham aytib o’tildi. Unda о‘quv yili boshidan tumandagi barcha maktablarning ichki sharoitidan kelib chiqqan holda о‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olib, ikkita xorijiy til: nemis tili va ingliz tili о‘tilishi hamda IT sohasi, sartaroshlik, tikuvchilik, qandolatchilik, novvoychilik payvandchilik kabi kasblar  ochilishi rejalashtirilmoqda.

2022-2023 о‘quv yilida ma’naviyat yо‘nalishida bir qancha sport tadbirlari hamda kо‘rik tanlovlarda ham Paxtachining natijalari oldingi o’rinlarda. Jumladan, 2022-yil sentabr oyida umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quvchilari о‘rtasida “Zakovat” intellektual о‘yini tuman va viloyat bosqichida 12-umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘quvchilar jamoasi faxrli 1-о‘rinni egallab, Respublika bosqichida esa faxrli 3-о‘rinni qо‘lga kiritib, bir qancha imtiyozlarga ega bо‘lishgandi. Sport yо‘nalishida 10-umumiy о‘rta talim maktabi о‘quvchilari stritbol sport turidan 5 tashabbus olimpiadasi Respublika bosqichida faxrli 1-о‘rini qо‘lga kiritdi. 27-umumiy о‘rta ta’lim maktabining 2009-2010-yillarda tug‘ilgan qizlar jamoasi basketbol musobaqasida Respublika birinchiligi uchun о‘tkazilgan musobaqada viloyatda 1-о‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yо‘llanmani qо‘lga kiritdi. Barkamol avlod bolalar maktabi qoshida tashkil etilgan Karate sport turidan Xalqaro va Respublika bosqichida faxrli о‘rinlarni egallab kelishmoqda. О‘quvchi yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 tashabbus hamda tarmoq tо‘garaklariga qamrab olishni 75 %ga yetkazib o‘quvchilar o‘rtasida Jinoyatchilik, suitsid hamda erta tug‘ruqni bartaraf etish va oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.

Bosqichma-bosqich bog‘chalarimizdagi guruh xonalarida bolalarni rivojlantirish uchun “Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika”, “Syujetli rolli о‘yinlar va sahnalashtirish”, “San’at”, “Til va nutq”, “Ilm fan va tabiat” markazlarida didaktik va tarqatma materiallar bilan jihozlanmoqda.

Ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bu esa, bog‘chalarda yaratilgan har tomonlama shart-sharoitlar, hukumat darajadagi e’tibor va kо‘mak berish, albatta davlatimizning strategik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kafolatlaydi.

Hozirgi kunda, tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida viloyatda “Mahorat maktabi” faoliyati yо‘lga qо‘yilib,о‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini о‘quv jarayoniga joriy etish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda tadbiq etish orqali bog‘chalarda ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash bо‘yicha natijaviy ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur maktab orqali nafaqat davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, balki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga turtki bо‘lmoqda.

О‘tgan bir yil davomida Paxtachi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mahorat maktabi” ish rejasi asosida, 4 ta nominatsiya bо‘yicha “Eng yaxshi didaktik materiallar”, “Eng yaxshi milliy о‘yinchoqlar”, “Eng yaxshi ertak qahramonlari”, “Eng yaxshi tarixiy obida” asosida kо‘rik-tanlovlar о‘tkazildi.

Bundan tashqari, sohada ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish va tajriba almashish maqsadida, MTT direktorlari tomonidan Paxtachi tumanining boshqa hududlarida joylashgan MTM larga borib belgilangan jadval bо‘yicha oy, hafta mavzulari asosida ochiq mashg‘ulotlar о‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, “Ilk qadam” davlat ta’lim dasturi asosida bog‘chalardagi rivojlantirish markazlarini bolalar uchun ishlatiladigan kо‘rgazmali didaktik materiallar bilan tо‘liq ta’minlab borish;

Tumanda “Mahorat maktabi” ning yangi о‘quv yilidagi nazorat rejasi asosida hududlarda davlat bog‘chalari, ayniqsa oilaviy nodavlat bog‘chalarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida amaliy о‘quv seminarlar, turli kо‘rik-tanlovlar va boshqa ochiq va kо‘rgazmali mashg‘ulotlarni muntazam tashkil etib borish;

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ayniqsa bog‘chalarning “Pedagogik kengashi” hamda “Kuzatuv kengashi” faoliyatini jonlantirish va nufuzini amalda oshirib borish;

Tumanda 3-7 yoshli bolalarni qamrov kо‘rsatkichini oshirish, bunda qamrov darajasi past bо‘lgan MFYlarda yil yakuniga qadar о‘sish sur’atini oshirish;

6 yoshli bolalarni bir yillik bepul majburiy maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etish orqali 6 yoshli bolalar qamrovini 100 foizga yetkazish;

bо‘sh о‘rinlarni oliy ma’lumotli kadrlar bilan bosqichma-bosqich tо‘ldirib borish;

tizimda korrupsion holatlarni oldini olish va unga chek qо‘yish, ya’ni “Kasalni davolagandan kо‘ra uning oldini olgan afzaldir” shiori ostida jarayonga loqaydlik bilan qaramaslik;

Korrupsiyaning har qanday kо‘rinishlariga qarshi kurashishni biz, eng avvalo, о‘zimizdan boshlashimiz va shaxsiy namuna bо‘lishimiz lozim.

2023- yil tumandagi umumiy о‘rta ta’lim maktablari Investitsiya dasturi asosida kiritilib, qо‘shimcha bino qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi. Jumladan; tumandagi “Sardoba” mahallasida joylashgan 6-umumiy о‘rta ta’lim maktabi Investitsiya dasturi asosida 2 mld 102 mln sо‘mlik ajratilgan mablag‘ hisobidan qо‘shimcha 180 о‘rinli zamonaviy bino qurilish ishlari bajarilmoqda. Tumandagi “Chashma “ mahallasida joylashgan 8-son maktabgacha ta’lim tashkilotini Investitsiya dasturi asosida 4 mld 258 mln sо‘mlik ajratilgan mablag‘ hisobidan qо‘shimcha 120 о‘rinli zamonaviy binoni qurish ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari 2023-2024 yillarda umumiy о‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yangi о‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash bо‘yicha tuman hokimligi va maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi tomonidan tumandagi barcha ta’lim muassasalarining binolari holatlari, tom qismlari, issiqlik tizimlari, isitish qozonlari, sinf xonalar pol qismlarining holatlari, elektr tizimlari, ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, maktab atrofini о‘rash, hojatxonalar, kо‘mirxonalar holatlari о‘rganilib ta’mirtalab holatga kelib qolgan ta’lim muassasalari uchun tuman hokimligi, tuman moliya bо‘limi va maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limi tomonidan reja-dasturlar tuzilib joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Tumandagi umumiy о‘rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bо‘yicha barcha ta’lim muassasalarining elektr tizimlari hamda yoritgichlar holatlari ham о‘rganilib, shundan 24 ta umumiy о‘rta ta’lim maktablarining binolaridagi elektr tizimlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun ta’lim muassasalariga binolarni isitish uchun 2506 tonna qora kо‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish rejalashtirilib, Shundan umumiy о‘rta ta’lim maktablariga 1466 tonna, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 1040 tonna qora kо‘mir yoqilg‘ilari ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.

Yuqoridagi kо‘rsatilgan ta’mirlash ishlaridan tashqari ta’lim muassasalarini yangi о‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun maktabgacha va maktab ta’limi bо‘limining ekspluatatsiya xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan kamchiliklar joyida va belgilangan muddatlarda bartaraf etib borilmoqda.

Endi forum doirasida eshitgan va guvohi bo’lganlarimiz haqida so’z yuritsak. Allaqachon quloqlaringizga chalinayotgan tuman hokimining o’qituvchilarga berayotgan va’dasiga birinchilardan to’xtalamiz.

Tumandagi maktab bitiruvvchilarining oliy ta’limga qamrovi borasida so’z ketarkan, hokim Muzaffar Xamdamov keyingi yildan eng yuqori, ya’ni 68—70 foizdan ortiq bitiruvchisi talaba bo’lgan maktab direktorlari, nechta bo’lsa bari Turkiyaga dam olishga boradiganga o’xshaydi. Sababi buni hokim so’zlari davomida ustozlar qarshisida va’da qildi. Shnday qilib joriy yildi ustozlarning ikkinchi forumi ham o’tgan o’quv mavsumi tahlili ham kelgusi rejalar uchun poydevor sifatida yakunlandi.

Jamolbek SALOMOV, Madina ERKINOVA tayyorladi