Ayni damda mudofaa vaziri vazifasini bajarib kelayotgan Aleksey Reznikov yaqin orada iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqida ukrainalik deputat Yaroslav Jeleznyak ma’lum qilgan. Jeleznyakning so‘zlariga ko‘ra hozirda davlat aktivlari fondi rahbari Rustem Umerov bu lavozimni egallashi kutilmoqda.
Vikipediyadagi ma’lumotlarga ko’ra, Restem Umerov 1982 yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur shahrida, Alushta shahridan ko‘chib kelganlar oilasida tug‘ilgan. Otasi – Enver Umerov, texnologik muhandis. Onasi – Meryem Umerova, kimyo muhandisi.
1944-yil 18-mayda Umerovlar oilasi Qrimdan Oʻrta Osiyoga deportatsiya qilindi. Ellik yil o‘tib, 1980-yillarning oxirida Qrim tatarlarini vataniga qaytarish boshlanganida, Umerovlar oilasi Qrimga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.
Rustem Umerov oilali, ikki farzandi bor.