Endi DXMni maxsus to’lov bilan uyingizga chaqirishingiz mumkin bo’ladi

Endi DXMni maxsus to’lov bilan uyingizga chaqirishingiz mumkin bo’ladi

Davlat xizmati xodimlarini davlat xizmatini koʻrsatish uchun maxsus toʻlov evaziga fuqarolar yashash joyiga chaqirishlari mumkin boʻladi.

2023-yil 1-oktyabrdan boshlab davlat xizmatini koʻrsatuvchi xodimni fukaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus
texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyoti kengaytirilmoqda.

Buyurtmalar  “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt orqali qabul qilinadi.

Mazkur xizmatlar uchun Toshkent shahrida bazaviy Hisoblash mikdorining 50 foizi, viloyat markazlarida BXMning 40 foizi, tuman (shaxar)larda BXMning 30 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undiriladi.