Dizaynerlar Apple smartfonining qimmatbaho va eksklyuziv modelini yaratdi, uning narxi 564 ming dollar, deb yozmoqda Daily Mail.
Foto: Caviar
Yangi iPhone 15 turli o‘lchamdagi 570 ta brilliant bilan bezatilgan. Qimmatbaho ayfon Caviar brendi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu ayfon Diamond Snowflake deb nomlandi. U hozirda dunyodagi eng qimmatbaho ayfon hisoblanadi.
Foto: Caviar
“Markazda Snowflake Graff munchog‘ining platina, oq tilla va brilliantlardan ishlangan kuloni joylashgan. Biz Graff brendining Snowflake munchog‘ini smartfonni bezash uchun ishlatdik”, — deydi dizaynerlar.