Avvalroq xabar berganimizdek, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodekslarga o’zgartish va qo’shimchalar deputatlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov Telegram sahifasida xabar qoldirdi.
Unga ko’ra:
JK 125-moddaga 1 qo‘shimcha, FHDYOda ro‘yhatdan o‘tmaganlarga nikoh o‘qish;
JK 156-modda, birinchi qism, Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish;
ikkinchi qism, Milliy, irqiy, etnik yoki diniy nifoq keltirib chiqarish, milliy shaʼn-sharaf va qadr-qimmatni kamsitish, eʼtiqod bo‘yicha tuyg‘ularini haqoratlash, mansubligiga qarab ustunligi yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilish;
MJTK 47-moddaga 8 qo‘shimcha, Ko‘p xotinlilikka targ‘ib qilish, rag‘batlantirish;
MJTK 184-moddaga 4 qo‘shimcha, Jamoat joylarida shaxsini aniqlashga imkon bermaydigan darajada yuzini yopib yurish;
MJTK 189-moddaga 2 qo‘shimcha, Jinsiy kamsitishni targ‘ib qilish, tenglikni ochiqchasiga inkor qilish;
Ushbu harakatlarga jazolar kuchaytirilmoqda.
Jamoat joylarida diniy libosda yurishni taʼqiqlovchi MJTK 184-moddasiga 1 qo‘shimcha bekor qilinmoqda.