Paxtachi tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi to‘qson to‘rtinchi sessiyasi joriy yilning 15-sentabr kuni soat 11:00 da tuman hokimligining majlislar zalida o’tkaziladi.
Ushbu sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
– “Temir daftar” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish
to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Arnaqulovning taklifi;
– O‘zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi
SQ-349-IV-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasida belgilangan vazifalarning tumanda ijro etilish holati to‘g‘risida tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig‘i X.Maxsiddinovning hisoboti;
– tumanda kommunal xo‘jaligi sohalarining 2023-2024-yilgi kuz-qish
mavsumiga tayyorgarligi to‘g‘risida tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i S.Qilichevning hisoboti va boshqa masalalar o‘rin olgan.