Shahar “Maxsustrans” ishlab chiqarish boshqarmasi bosh inspektori Ismoil Sagdullayevning OʻzAga maʼlumot berishicha, ayni paytda poytaxtda eng koʻp chiqindiga tashlanadigan mahsulot bu — non va oziq-ovqat mahsulotlaridir. Bu mahsulotlarni yildan-yilga chiqindiga tashlash holatlari ortib bormoqda.
Toshkent shahrida bir kunda 2 ming 300 tonna chiqindi yigʻib olinsa, shundan 3 tonnaga yaqini nondan iborat.