Samarqand va Toshkent viloyatlarida IV-VIII asrlarga oid yodgorliklarga 288 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Bosh prokuraturaga koʻra, fuqaro Ishtixon tumanidagi IV-VIII asrlarga oid “Nomsiztepa-3” arxeologiya yodgorligini buzib, unga zarar yetkazgan.
Boʻstonliq tumanida esa fuqarolar ilk oʻrta asrlarga oid “Qoʻshqoʻrgʻontepa” arxeologik yodgorligini 7,4 m2 tuproq qismini kesib ola boshlagan. Bu harakatlar toʻxtatilgan.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.