«Har bir inson umr yo‘llarining muhtasham bekatlarida bir zumga to‘xtab, avvalambor ortga bir dam nigoh tashlab, keyin shijoat va dadillik bilan yana yo‘liga ravona bo‘ladi», – bu bugun Paxtachi tumaniga keksa bir jurnalistning tavallud yoshi bilaan qutlagani kelgan qo’shni viloyatning bir hokimi tabrik so’zlarining boshlanishi.
1949-yilda Paxtachi tumanida tug’ilgan Jo’raqul Narzullayev o’z zamonining zabardast va qalami o’tkir jurnalisti bo’lgan. Bu inson muallifligidagi maqolalarni yoshi katta avlod vakillari juda yaxshi eslashadi, hurmat bilaan tilga olishadi. O’z faoliyatini tumanning «PAXTACHI» gazetasi tahririyaatida yuritgan. Bugun ustoz jurnalist 74 yoshni qarshilamoqdalar. Uning baxtli kuniga sherik bo’lish uchun bugun qo’shni Navoiy viloyati Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmonov, Paxtachi tumani hokimi Muzaffar Xamdamovlar kelishdi.
Xo’sh, Zarafshon shahar hokimi nega bir chekka tumanning nafaqadagi jurnalistini tabriklash uchun keldi, degan savol sizda bo’layotgandir. Sababi Nazirbek Rahmonovning ham yoshligi Paxtachi bilan uzviy bog’liq. U tumanimizning Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo‘lgan, ko‘plab orden va medallar sohibi Abdusalom Rahmonov avlodlaridan hisoblanadi, ya’nikim uning nevarasi. J. Narzullayev urush qatnashchilari borasidagi, ularning nomlarini abadiylashtirish, tarix zarvaraqlariga bitilishida aynan Abdusalom Rahmonov haqida ham yozgan. Bugun esa bobosining nabiraasi u haqida gazetada maqola yozgan jurnalistni qattiq hurmat qiladi.
Ikki hokim ham bugun tavallud kunini nishollayotgan jurnalistni o’z sovg’alari va ezgu tilaklari bilan qutlashdi. Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmonovning sovg’alari qatorida jurnalist muallifligidagi bir nechta maqolalar kiritilgan «NKMK jamg’armasi» tarixi borasidagi tarixiy kitob ham berildi.
Biz ham tahririyatimiz jamoasi nomidan ustoz jurnalist Jo’raqul Narzullayevni 74 yoshlari bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Unga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik tilagan holda, barcha niyyatlariga erishishini tilaymiz.
«Paxtachi» gazetasi tahririyati