2024 yil 1 yanvardan boshlab, bola tugʼilganidan soʼng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy oʼrta taʼlim muassasasida onlayn hisobga qoʼyiladi. Bu borada hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
▪️ 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab, nodavlat maktabgacha va umumiy oʼrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda oʼqituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda taʼlim oluvchilarning maksimal soniga qoʼyilgan talablar yengillashtiriladi;
▪️ 2023/2024-oʼquv yilidan boshlab, “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablari tashkil qilinadi;
▪️ 2024 yil 1 apreldan boshlab, “Barkamol avlod” bolalar maktablari aʼzolarining IT-taʼlim xizmatlarini koʼrsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yoʼnalishlari boʼyicha startap loyihalarini qoʼllab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.