Xabaringiz bor, yaqinda Telegram sahifamizda Chust tumanida bolalar orasida ommaviy zaxarlanish yuz bergani haqida xabar bergan edik. Zaharlanganlarr soni 71 nafar bo’lib, ularning 2 nafari maktab o‘quvchilari ekanligi aniqlangan. Shifoxonaga olib kelingan bolalarda tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan. Ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.
Chust tuman hokimligi Telegram kanalida eʼlon qilingan videoda bemorlardan birining onasi farzandi bolalar bogʻchasida yodli tabletka isteʼmol qilganidan soʻng yomonlashib qolgani haqida gapiradi.
“Uch yashardan oʻtgan oʻgʻlim kattam bilan birga bitta bogʻchaga boradi. Uyga kelgandan keyin ikkalasida ich ketish kuzatildi. Nima ovqat yeganini soʻrasam, ratsioni odatdagidek. Faqat bizga bugun ”asal dori“ berishdi, dedi kattam. Bogʻcha opasiga telefon qilsam, boʻqoqqa qarshi dori berishganini aytdi”.
Biroq rasman bu yodli xapdorilarning zaharlanishga aloqasi bor yo yoʻqligi tasdiqlangani yo rad etilgani hozircha ma’lum emas.
Bolalarni yod bilan taʼminlash davlat dasturi ustida ishlagan insonlardan biri boʻlmish taniqli jamoatchi faol Aziza Umarova kasalxonaga yotqizilganlar orasida yodli tabletka qabul qilmaganlar ham borligini yozgan.
“Tumanda oziq-ovqat mahsulotlari, suv, sut va boshqalardan yuzlab namunalar olingan. Tekshiruv natijalari boʻyicha rasmiy maʼlumot va davlat tashkilotlari xulosasi taqdim etiladi”, bildirgan Umarova Facebookʻdagi sahifasida.
Vaziyatga doir soʻnggi maʼlumotlarni olish maqsadida Muhim24’ning Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bilan bogʻlanishga urinishlari hozircha samarasiz bo’lmoqda.
Bundan tashqari, Chust tuman hokimligi matbuot kotibi lavozimi vakant boʻlgani aytilgani sababli mahalliy rasmiylardan ham izoh olishning imkoni yo’q.
Muhim24’ning to’plagan dastlabki ma’lumotlariga ko’ra, 21-sentyabr kuni boshlangan ushbu voqea bo’yicha Sog’liqni saqlash Vazirligi 22-sentyabr kuni sog’liqni saqlash boshqarmalari boshliqlariga «Ko’rsatma xat» bilan chiqqan. Unda chustdagi 71 nafar bolaning zaharlanishida «Kaliy yodid 1mg (0,001g) tabletka № 100 (Antistrumin)» dori vositasi gumon qilinayotgani, endi bu vositaning taqdiri hal etilgunga qadar iste’molini zudlik bilan vaqtinchalik to’xtashish borasida ko’rsatma bergan.
Eslatib o’tamiz, Namanganning Chust tumanida bolalar yod mahsulotlaridan ommaviy zaharlangani aytilmoqda. Hozircha rasman tasdiqlangani yoʻq. Ammo 70 dan ortiq bolalarning bir qismi bogʻcha, bir qismi maktab yoshidagilardir. Prokuratura tergovga qadar tekshirish boshlagan.