Xolding tizimida infratuzilma, yuk vagonlari va logistika, yoʻlovchi tashish xizmatlari hamda vokzallar boshqaruvi bir-biridan ajratilib, alohida korxonalar tashkil qilinadi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ning nosohaviy aktivlarini sotish yoki boshqa tarmoqlarga oʻtkazish, sotishdan tushgan mablagʻlarni temir yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga yoʻnaltirish vazifasi qoʻyildi. Endilikda “OʻTY”ning nosohaviy aktivlarda ishtiroki qatʼiy taqiqlanadi.