Joriy yilning 28-sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV. Soat 02:43 da yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borgan.
Poytaxt hokimligining ta’kidlashichaa, Sergelidagi portlashdan jabrlangan uylarning egalariga zarar qoplab beriladi.
“Moddiy zarar qoplab beriladi. Biz bu masalani 2-3 kun ichida hal qilamiz”, dedi voqea joyiga yetib borgan Toshkent shahri hokimi Shavkat Umrzoqov. Ayni paytda yongʻin maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda. Voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa masʼullar yetib borgan.
Chaqnash vaqtida omborxona yon atrofidagi xonadonlar holati tasvirida uylarning fasat qismi, ayrimlarida derazalar oynalari shikastlangani tasvirlanmoqda.
Sergeli tumanidagi omborxonada sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirishga Mudofaa vazirligi vertolyoti ham jalb etilgan. Portlash natijasida 15 yoshli bola halok boʻlganligi haqida ham xabarlar mavjud.
Qayd etilishicha, 15 yoshli bola boshiga rom tushib ketishi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktab oʻquvchisi boʻlgan.