Maktab — oʻqituvchi rahbarligida yosh avlodga maʼlumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasi. Unda ustozlar o’quvchilarga ilk bor qo’llariga qalam ushlatib, harf tanitishadi, bilim berishadi. Xalqimizda ham «Ustoz otangdek ulug’!» degan naql bejizga ishlatilmaydi. Sababi uning obro’yi, unga e’tibor har doim ham yuksak darajada bo’lgan. Oilada farzandga tarbiya berishda ham ustozni rozi qilish doim uqtiriladi. Buni ko’plab hayotiy misollarda ham guvohi bo’lganmiz. Ustozning duosini olib, unga ergashgan shogird, o’z ishida hammadan ham ilg’or bo’ladi.
Bugungi kunda ham yurtimizda o’qituvchilar uchun zamonaviy, munosib sharoitlar yaratib berilgan va bu kabi islohotlar davom ettirilmoqda. Bilamizki, yurtimizda har yili 1-oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida keng nishonlanadi. Jumladan, joriy yilda ham bu an’ana davom ettirilib, 29-sentyabr kuni Paxtachi tumanining 21-maktabida ustozlar bayrami keng va bayramona shukhda nishonlandi.
«Qadri baland, o’zi ulug’ ustozim!» shiori ostida boshlangan bu galgi bayram dasturi maktab o’quvchilari va bir qator faol tashkilotchilar tomonidan o»zgacha tarzda o’tkazildi. Erta tongdan maktab ostonasida jam bo’lgan bir guruh o’quvchi o’g’il-qizlar kelayotgan ustozlarini gullar va shirin tabriklar ila qarshi olishdi. Doira sadosi ostidagi kutib olish jarayonlarida o’yinchi ayiqchalar esa ularning kayfiyatlarini yanada ko’tardi. Birgalikda suratlarga tushishdi, birbirlarini quchib bayram bilan tabriklab, ta’lim berayotgan mehnatlariga ehtirom ko’rsatildi. Shundan so’ng barcha maktabning old qismidagi maydonda jam bo’lishdi. Bu yerda ustozlar uchun bayram tadbirining ikkinchi sovg’asi o’quvchilar tomonidan shay qilingandi-da. Go’zal raqslar, she’riy aytishuvlar va o’ziga xos sahna chiqishlarining barchasi bugun bayram sababchilari uchun atalgan.
Paxtachi tumanidagi 21-umumta’lim maktabida hozirgi kunda 79 nafar o’qituvchi va murabbiylar faoliyat olib borishmoqda. Maktab ma’muriyatining bergan ma’lumotlariga ko’ra, ularning 10 nafari Oliy toifa, 23 nafarii I toifali va 20 nafari esa II toifali malakalarga ega o’qituvchilar sanaladi. Ko’p yillik ish faoliyatiga ega ustozlar maktabda 40 nafarni tashkil etadi. Ular bugunngi kunda 1193 nafar o’quvchilarga ta’limm-tarbiya berib kelishmoqda. O’tgan o’quv yilida maktabni bitirgan o’quvchilarning 60 foizi yurtimizning turli Oliy ta’lim muasssasalariga talaba bo’lishdi. Albatta, bu hamm mana sshu fidoiy o’qituvchilar jamoasining mehnatlarri, yutuqlaridir. Fursatddan foydalanib, biz ham tahririyatimiz jamoasi nomidan barcha ustoz va murabbiylarni, Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida mehnat qilib kelayotgan xodimlarni kasb bayramlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz!