Xabaringiz bor, joriy yilning 28-sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘lgandi.
Hozirda sodir bo‘lgan favqulodda hodisa natijasida aholining zarar ko‘rgan uy-joylarini tiklash ishlari jadal davom ettirilmoqda. Ammo xalq boshiga tushgan og’ir vaziyatdan foydalanib, «soqqa» qilish ilinjidagi «uddaburonlar» ham afsuski, topilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi axborot ximatining ma’lum qilishicha, murakkab vaziyatdan foydalanib, aholidan pul undirish niyatida bo‘lgan shaxslar mavjudligi aniqlangan. Xabarda keltirilishicha, ular hukumat tomonidan bepul amalga oshirilayotgan ishlar uchun yurtdoshlarimizdan pul so‘rab, ularning soddaligidan foydalanishga harakat qilishgan. Hokimlik bu ishlarnning barchasi BEPUL davlat tomonidan amalga oshirilayotganinii ta’kidlab o’tgan.