Respublikadagi barcha davlat oliygohlari toʻliq “Yashil energiya” axborot tizimiga kiritildi.
115 ta davlat oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud 1 218 ta bino va inshootda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida 5 821 metr isitish tarmoqlari taʼmirlandi, 6 341 m2 bino va inshootlarning singan oynalari almashtirildi, 29 180 m2 bino va inshootlarning tom qismi taʼmirlandi, 24 ming metr sovuq va issiq suv tizimi taʼmirlandi.
➖Professional taʼlim muassasalariga 31,5 ming tonna koʻmir xarid qilish uchun 13,2 mlrd.soʻm mablagʻlar ajratilgan.
➖Hozirda 31,7 ming tonna (yaʼni rejaga nisbatan 100,6 foiz) koʻmir yoqilgʻisi xarid qilinib, tegishli professional taʼlim muassasalariga yetkazib berildi.
➖Bundan tashqari, oliy taʼlim muassasalarida ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 5,2 ming tonna qoʻshimcha koʻmir yoqilgʻisi zahirasi yaratildi.
OTMlarga uchun «Yashil energiya» tizimi joriy etilmoqda
