Surxondaryoda milliy taomlar sayli oʻtkaziladi

Surxondaryoda milliy taomlar sayli oʻtkaziladi

Ertaga, 7-oktyabr kuni Denov tumanining “Sina” mahallasida milliy taomlar sayli oʻtkaziladi.

Ushbu saylda shahar va tumanlarning milliy uslubda bezatilgan pavilyonlari tashkil etilib, shu hududga xos tansiq taomlar koʻrgazmasi, taomlar tayyorlash bilan bogʻliq uslub, udum va anʼanalar namoyish etiladi.

Sayl davomida folklor etnografik jamoalar, milliy cholgʻu guruhlari va yosh sanʼatkorlarning chiqishlari, anʼanaviy xalq oʻyinlari boʻyicha turli musobaqalar tashkil etiladi.

Sayl yakunida “Eng yaxshi milliy taom” va “Eng yaxshi oshpaz” kabi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar saralanib, diplom, statuetka va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati