Prezident mutasaddilarga oʻtgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shartini qoʻydi
Mutasaddilarga barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida koʻchat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup koʻchat yetkazib berish topshirildi.
Tayyorgarlik ishlari, koʻchat tarqatish, ekish jarayonlarini tumanma-tuman televideniye va radio orqali yoritib borish muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari kuzgi mavsumida oʻtgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shart ekaniga eʼtibor qaratdi.
Endilikda qayerga qanday daraxt ekishni Respublika shtabi belgilab beradi
Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, Oʻrmonchilik institutlari, oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari ham shtabga aʼzo boʻladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi koʻchat turini qancha ekishni belgilab beradi.
Eslatib o’tamiz, 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “Yashil makon” umummilliy loyihasining “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinadi, uning doirasida 85 million tup koʻchat ekish rejalashtirilgan.