Qiyinchilik, mashaqqat bilan yillab tayyorlanib o’qishga topshirasiz. Natijasi esa siz kutgandek, grantga talaba bo’ldingiz. Endi esa stipendiyani cho’ntakka urib, mazza qilib talaaballik gashtini suraaman deganingizga dekanatdan «qora xabar» keldi. «Siz avvalgi semestrda 69 foizdan kam ball to’plaganingiz uchun stipendiya olmaysiz». Tabbiyki, bu sizda o’z-o’zidan savol tug’diradi, bu aslida to’g’rimi?
Bugun ayni shu savolga javob beramiz.
Tabiiyki, birinchi kurs talabalariga o‘quv yilining 1-semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (baholari) ma’lum bo‘lgunga qadar stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
- davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontarkt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar qat’iy belgilangan stipendiya bilan ta’minlanadi (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno);
- semestr yakuni bo‘yicha fanlardan faqat a’loga o‘zlashtirgan (86 ball va undan yuqori) talabalarning stipendiyalari bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshiriladi;
- semestr yakuni bo‘yicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli bo‘lgan (reyting ko‘rsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno).
Oliygohlardagi bu jarayon 2020-yildan boshlab kuchga kirgan.
OTMlarda talabalarga stipendiyalar tayinlash uchun har bir o‘quv yilida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor raisligida stipendiya komissiyasi tashkil etiladi. Stipendiya komissiyasi tavsiya etgan talabalarning ro‘yxati OTM rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.