Muborakdagi portlagan avtobus haqida rasmiy ma’lumot berildi

Muborakdagi portlagan avtobus haqida rasmiy ma’lumot berildi

Joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi-Buxoro” ichki yo‘lida “ISUZU” rusumli avtobus yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtda avtobusning gaz ballonida yorilishi sodir bo‘lgan.

Oqibatda 4 nafar fuqaro o‘rta og‘ir darajada tan jarohatini olib, tuman tibbiyot shifoxonasiga yotqizilgan, qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam ko‘rsatilgan. Eng asosiysi hodisa natijasida hech kim halok bo‘lmagan.