Samarqandda bo’lajak UNWTO forumida nimalar bo’ladi?

Samarqandda bo’lajak UNWTO forumida nimalar bo’ladi?

2023-yil 19-oktabr kuni Samarqand shahrida BMT Butunjahon turizm tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi doirasida “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism” Xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi.  Xo’sh, UNWTO GA Xalqaro ta’lim forumida nimalar bo’lib o’tadi?

UNWTO GA Xalqaro ta’lim forumida dunyoning 10 mamlakatidan ta’lim va turizm sohasi rahbarlari ishtirok etadi. Rahbarlar munozaralar davomida hozirgi va kelajak avlodlar uchun ta’lim sohasida innovatsiyalarni joriy etish masalalarini o’rtaga tashlashadi. Samarqandda o’tishi reja qilinayotgan forumdagi sessiyada IE Universitetining iqtisodiy masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti, Tadbirkorlik va innovatsiyalar markazi raisi Janob Xuan Xose Guemes moderatorlik qilishi ta’kidlanmoqda.

 “Ta’lim sohasidagi UNWTO faoliyati”, “Ertangi kunning investitsiyalari: cheksiz kelajak uchun transformatsiya, texnologiya, innovatsiya va ta’lim” mavzularida dunyo yetakchilarining nutqlari, tajribalari o’rtoqlashadigan katta maydon ham bo’lib o’tishi rejaga olingan.

Shuningdek,  Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Ispaniya,O‘zbekiston, AQSh, Shveytsariya, Singapur, Gretsiyadan 7 nafar spiker, shu jumladan, turizm sohasida O‘zbekiston yoshlar yetakchilari ishtirok etadigan yalpi majlis o’tkaziladi.

Bundan tashqari, Turizm va ta’lim sohasidagi ulkan yutuqlar va tashabbuslar uchun “Ulysses Awards UNWTO” mukofoti taqdimotining tantanali marosimi ham rejalashtirilgan. Turizm sohasida milliy va xorijiy ta’lim muassasalari o‘rtasida memorandumlar imzolash marosimi kutilmoqda. Turizm sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishadi.

Samarqand forumiga 30 mamlakatdan yetakchi xalqaro tashkilot vakillari kelishadi.

Muhim24.uz