Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investisiya forumi va ko‘rgazma tashkil etiladi. 17–18 oktyabr kunlari o‘tkaziladigan forumda vazirlar va xalqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida muhokamalar, 5 ta panel sessiyasi hamda 22 ta taqdimot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Forumda davomida O‘zbekistonning 14 ta hududi mavjud turistik-investision salohiyati, 3 ta turistik-rekreasion zona (Zomin, Chorvoq, Chimyon), Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, 4 ta startap loyihalari (Yaponiya, Chexiya, Fransiya va Braziliya) namoyish etiladi. Bundan tashqari, Turizm qo‘mitasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘zbekiston aeroportlari» AJ va «Uzbekistan vertolyotlari» MCHJlarning stendlari tashkil qilinadi.
Qolaversa, umumiy qiymati 2 mlrd dollarlik istiqbolli loyihalar manzilli ro‘yxati shakllantirilib, investorlarga taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasida 120 dan ortiq yirik xorijiy investorlar hamda 500 dan ortiq yirik mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.