Davlat ishchi-xodimlari jismonan sog’lom bo’lsin!

Davlat ishchi-xodimlari jismonan sog’lom bo’lsin!

Joriy yilning 19-oktyabr kuni Paxtachi tumanidagi «Mojor» mahallasida joylashgan Sport maktabida tumanning bir qator tashkilotlarining ishchi-xodimlari ishtirokida katta sport tadbiri o’tkazildi. Unda Paxtachi tumani sport maktabi trenerlari, xodimlari hamda tuman tashkilot irodalaridan Maktabgacha va maktab ta’limi, tuman Tibbiyot birlashmasi, Yoshlar ishlari agentligi kabi qator tashkilot xodimlari turli sport turlaridan normativlar bajarishdi.

 

 

Bundan asosiy ko’zlangan maqsad Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimining  jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish kabilarni keng ommalashtirishdir. Tadbir esa Prezidentning  “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni asosida an’anaviylashtirilmoqda.

Bunda baholash tizimi bo‘yicha sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravishda aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligi aniqlanadi.

Jumladan, tumanda o’tkazilgan davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar o’rtasidagi sport sinovlarida  jami 434 nafar ishtirokchi ishtirok etdi. Ularning 144 nafarini ayollar tashkil etmoqda.

Ishtirokchilar avvaliga turli yosh toifasida guruhlarga bo’linishdi. Har bir guruhga sport maktabining tajribali murabbiylari biriktirildi. Granata uloqtirish, masofaga yugirish, cho’ziluvchanlik, chakrash, basketbol to’pini savatga tushirish, o’g’il bolalarga qo’shimcha anjumani olish kabi sport turlaridan sinovlar qabul qilindi.

 

Eslatib o’tamiz, tadbir 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, ta’lim sifatini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ommalashtirilmoqda.