Jamiyatning asosiy tayanchi insoniy muloqot va munosabatlarning birlamchi vositasi sanalgan va aynan usha muloqotlar jarayonida insoniyat yaratgan barcha tafakkur mevalarini anglatib, avloddan-avlodga avaylab, asrab yetkazib bera olgan tilimizni eʼzozlash, uni davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh-avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb maʼnaviy burchimiz boʻlib kelgan.
Bugun Paxtachi tumanidagi 62-son Madaniyat markazi konsertlar zalida “21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni” ga bagʻishlab tadbir boʻlib oʻtdi. Tumanidagi 22-24-umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamkorligida tayyorlangan ushbu tadbir “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida oʻtkazildi.
Tadbirda tuman hokimi maslahatchisi N.Shodiyeva, tuman Axborot-kutubxona markazi direktori D.Oʻtkirova va bir qator aholi vakillari ishtirok etishdi.
Avvaliga 22-24-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona-tili va adabiyot fani oʻqituvchilari N. Husanova hamda F.Hushnazarovalar soʻzga chiqib oʻzbek tili bayrami bilan barchani muborakbod etarkan, ona tilining bugungi kundagi nufuzi va mavqeyi haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng oʻquvchilar tomonidan “O’zbek tili bayrami kuni” ga bagʻishlab tayyorlangan badiiy chiqishlar, bir biridan betakror raqslar, ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar ijro etishdi.
Tadbirga Paxtachi tuman madaniyat boʻlimi xonandalari ijrosidagi kuy qoʻshiqlar oʻzgacha koʻtarinkilik bagʻishladi.
Gulchiroy ABDULLAYEVA tayyorladi