Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan YTHda uch kishi, jumladan, uch yoshli bola halok bo‘ldi
20 yoshli Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, mashinasi ag‘darilib ketgan. Uch kishi vafot etdi, yana ikki kishi reanimatsiyada.
20-oktabr kuni soat 17:30 da Tamdi tumanida halokatli voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Nexia’ning 20 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, mashinasi ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida 3 kishi, jumladan, 3 yoshli bola halok bo‘lgan.
Yana ikki fuqaro tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur fakt yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.