Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Davlatimiz rahbari dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, bunday sharoitda befarq boʻlib, “kun oʻtsa boʻldi” qabilida ish tutadigan rahbarlar eng katta dushman ekanini qayd etdi.
“Mamlakatimiz, xalqimiz tinchligi, farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, ish oʻrinlari, yangi bozorlar, investitsiya, katta-katta tushumlar kerak”, – dedi Prezident.
Hokim va vazirlar asosiy hamkor davlatlar bozoridagi tebranishlar, savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotish kerak, qaysi korxonaga qanday koʻmak berish zarur, degan masalalar ustida bosh qotirishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.