Toshkentda xalqro transport yo’laklari bo’yicha hujjatlar imzolandi

Toshkentda xalqro transport yo’laklari bo’yicha hujjatlar imzolandi

Bugun Toshkentda xalqaro transport yoʻlaklari boʻyicha quyidagi hujjatlar imzolandi:

🔸“Belarus – Rossiya – Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston” xalqaro transport yoʻlagini yaratish va rivojlantirish boʻyicha anglashuv memorandumi;

🔸“Rossiya – Kaspiy dengizi – Turkmaniston – Oʻzbekiston – Qirgʻiziston” xalqaro multimodal transport koridorini shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi.

Toshkentda SHHTga aʼzo davlatlarning Transport forumi boʻlib oʻtmoqda.