2024-yilda byudjet xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda.
Davlat byudjeti loyihasiga koʻra, kelgusi yilda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bogʻliq xarajatlarga 9,6 trln soʻm ajratish koʻzda tutilgan.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yil oxirigacha shakllangan inflyatsiya miqdori yil davomida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va pensiya miqdorlarining oshirilgan foizlaridan yuqori boʻlgan taqdirda, kelgusi moliya yilining yanvar oyidan ish haqi va pensiyalarni ushbu foizlarga oshirish orqali kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.
Oʻzi umuman, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar kelgusi yilda davlat byudjeti xarajatining 50%dan ortigʻini tashkil etadi.