“Goʻdaklar oʻldirilishini qabul qilib boʻlmaydigan nohaqlik deb bilamiz” — Abdulla Aripov
Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Saudiya Arabistonida oʻtgan arab va musulmon mamlakatlari davlat hamda hukumat rahbarlarining navbatdan tashqari sammitida Oʻzbekiston Falastin bilan birga ekanini yana bir bor qatʼiy bildirdi.
Shuningdek, Abdulla Aripov Oʻzbekiston Falastinning BMT va Islom hamkorlik tashkilotining muqaddam qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq oʻz mustaqil davlatini barpo etishga boʻlgan huquqini qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Bosh vaziri barcha aʼzo davlatlarni muqaddas Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa tabarruk maskanlarning daxlsizligini taʼminlash uchun oʻz imkoniyatlarini safarbar etishga chaqirdi.